» » Samarqandda topilgan qadimiy tangalar Temuriylar davriga oid deb taxmin qilinmoqda

Samarqandda topilgan qadimiy tangalar Temuriylar davriga oid deb taxmin qilinmoqda


Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida Yakonshayx qabristoni yonidagi tepalikni qazish chog‘ida qadimiy tangalar topildi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Mahalliy aholining aytishicha, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui qurilishi uchun bu yerdan tuproq olib ketilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, qazishma joyidan qadimiy sopol parchalari, mis tangalar topib olingan.

Tangalar shaklan bir xil emas. Qirrasi aniq tartibga solinmagan. Sirtidagi matnlarga qaraganda, bir necha turkumga mansub.

Xabarda aytilishicha, bir qator sabablarga asosan tangalar temuriylar davriga oid, deb taxmin qilinmoqda.

Avvalo, ularning birida sezilar-sezilmas 896-sanasi qayd etilgan. Katta ehtimol bilan hijriy-qamariy yil bo‘yicha zarb etilgan vaqtga ishora qilsa kerak. Milodiy hisobda esa 1491-yilga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylar hukmronlik qilgan.

Boshqa tangalarda raqamlar uchramaydi. Naqshinkor arabeska uslubidagi matnlarda “fuls” va “Alloh” so‘zlari ajralib turibdi.

Markaziy Osiyo numizmatikasini mufassal o‘rgangan olim Irpan Tuxtiyev “Temur va temuriylar sulolasining tangalari” risolasida “Amir Temur tangalarida biz arabcha, forscha, turkcha va mo‘g‘ulcha so‘zlarni o‘qiymiz”, deb yozadi. Fikrini davom ettirib, temuriylar tangasida forscha “zarb” (???) so‘zi ko‘p qo‘llanganini ta’kidlaydi. E’tiborlisi, tumandan topilgan tangalarda ham shunga o‘xshash matn uchraydi.

“Bular albatta taxminiy fikrlar. Asosiysi, Jomboy tumanida olti-yetti asr avval ham ijtimoiy-madaniy hayot kurtaklari bo‘lgan. Savdo-sotiq, pul muomalasi rivojlangan. Ushbu topilma yana bir narsani anglatadi. Tepaliklar haqiqatan ham muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ularni tartibsiz tasarruf etish yaramaydi” — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют