» » Toshkentda bojxonachilar tomonidan pochta jo‘natmasida qadimiy tangalar borligi aniqlandi

Toshkentda bojxonachilar tomonidan pochta jo‘natmasida qadimiy tangalar borligi aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” TIF (Tashqi iqtisodiy faoliyat) bojxona posti xodimlari Rossiya Federatsiyasidan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, jo‘natmada deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 99 dona zanglagan qadimiy tangalar borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo” xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra mazkur tangalar madaniy boylik ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi qaroriga asosan bo‘yicha madaniy boylik deb topilgan mazkur tangalar davlat egaligiga o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, numizmatika ashyolari, ya’ni tarixiy tangalar ham madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasiga kiritilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют