» » Toshkentda pochta jo‘natmalari orqali marixuana urug‘lari yuborilishining oldi olindi

Toshkentda pochta jo‘natmalari orqali marixuana urug‘lari yuborilishining oldi olindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan pochta jo‘natmalari orqali giyohvandlik vositalarini jo‘natilishining oldi olindi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda pochta jo‘natmalari orqali respublikaga xorijiy davlatlardan marixuna o‘simligi, ya’ni nashaning urug‘larini yuborish holatlari surunkali tus olgan.

Jumladan, Rossiyadan pochta jo‘natmalari orqali Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Fayzullayev nomiga 10 dona, Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Rahmatullayev nomiga 2 dona, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘rinboyev nomiga 5 dona marixuana urug‘lari yuborilgan.

Shuningdek, Ukrainadan poytaxtda istiqomat qiluvchi Lesnichiy nomiga 5 dona hamda Isxoqov nomiga 8 dona nasha urug‘lari yuborilgan.

Xuddi shunday holat Belarusdan yuborilgan pochta jo‘natmalari orasida ham qayd etildi. Xususan, ushbu davlatdan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Nigmatov nomiga kelgan pochta jo‘natmasi orqali 8 dona marixuana urug‘lari yuborilgan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bojxona tekshiruvlari va surishtiruv bo‘limi tomonidan mazkur holatlar yuzasidan tegishli tekshiruv harakatlari olib borilib, ish materiallari yuritildi hamda qonuniy hal qilish uchun tegishli sud idorasiga yuborildi.

Sud qarorlariga asosan bojxona organlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yilgan marixuana o‘simligi urug‘lari endilikda tegishli tarzda yo‘q qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют