» » Xorijga qorako‘l terilarini deklaratsiyada ko‘rsatmagan holda sotishga uringan buxoroliklar aniqlandi

Xorijga qorako‘l terilarini deklaratsiyada ko‘rsatmagan holda sotishga uringan buxoroliklar aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tovarlarni noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish holatlarini aniqladi, deb xabar berdi bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi A.Niyozov Rossiyaga yuborayotgan pochta jo‘natmasidagi tovarlarni deklaratsiyada ayollar kurtkasi deb qayd etgan. Ammo pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda kurtka o‘rniga qiymati 4,8 million so‘mlik 24 dona qorako‘l terilari yuborilganligi fosh bo‘ldi.

Xuddi shunday yana bir holatda esa buxorolik N.Samigov ham Ukrainaga qiymati 11 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 56 dona qorako‘l terilarini deklaratsiyada go‘yoki erkaklar kurtkasi sifatida ko‘rsatib, jo‘natmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi U.Asilov esa qorako‘l terilarini pochta orqali noqonuniy ravishda olib chiqishning g‘ayroddiy usulini “kashf” qildi. Deklaratsiyaga muvofiq, ushbu shaxs tomonidan pochta jo‘natmasida Rossiyaga ko‘rpa yuborilayotgan edi. Ammo, ko‘rpa astari orasiga paxta qavish o‘rniga, qiymati 6 million so‘mlik 30 dona qorako‘l terilari joylashtirilgan ekan.

Xalqaro pochta ittifoqi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasida ham Xalqaro pochta Konvensiyasi talablariga muvofiq, jo‘natilayotgan pochta jo‘natmalari bo‘yicha CN 22 yoki CN 23 shaklidagi bojxona deklaratsiyalari to‘ldiriladi va unda jo‘natmada yuborilayotgan barcha tovarlarning nomlari qayd qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning sakkiz oyi davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan 130 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 1 milliard 361 million so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют