» » Farg‘onaga Xitoydan kafel o‘rniga qiymati 3,7 mlrd so‘mdan ortiq kiyim-kechak keltirilganligi aniqlandi

Farg‘onaga Xitoydan kafel o‘rniga qiymati 3,7 mlrd so‘mdan ortiq kiyim-kechak keltirilganligi aniqlandi


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan xorijiy fuqaro A.Abdulqahhor boshqaruvida Turkiyadan yetib kelgan yuk avtotransport vositasi ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona qoidabuzarligi fosh bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” ga boshqarma axborot xizmati ma’lum qildi.

Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Endless Business korxonasi nomiga keltirilayotgan yuklar qiymati salkam 20 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 23 tonnadan ortiq qurilish materiallari bo‘lishi lozim edi. Ammo bojxona ko‘rigi davomida konteynerdagi tovarlar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlandi.

Sodda qilib aytganda, mazkur tovarlar hujjatlardagidan ko‘ra ortiqcha miqdorda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridan qayd etilmagan qurilish materiallarining umumiy qiymati 648 million so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Xitoydan Farg‘ona shahridagi “Namuna savdo minbari” MChJ nomiga temir yo‘l konteynerida yuborilgan yuklar ham bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, ushbu konteynerda 25 tonnadan oshiq og‘irlikdagi kafellar bo‘lishi lozim edim. Ko‘zdan kechirish davomida ushbu tovarlar o‘rniga hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan, qiymati 3,7 mlrd so‘mdan ortiq kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.

Bojxonachilarning ko‘zini shu tariqa shamg‘alat qilishga uringan qonunbuzarlar bu usullari bilan davlat budjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 4 milliard so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan.

Mazkur qonunbuzilish holatlarida aniqlangan tafovutlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘la bartaraf qilingach va belgilangan miqdordagi bojxona to‘lovlari undirilganidan so‘ng ushbu tovar-moddiy boyliklar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazib berilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют