» » Abituriyentlarni plastik karta ko‘rinishidagi mobil qurilmalar bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Abituriyentlarni plastik karta ko‘rinishidagi mobil qurilmalar bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi


Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekistonga mobil qurilmalarni noqonuniy ravishda olib kirishga harakat qilgan bir nechta qonunbuzarlarni qo‘lga oldi, bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxt aeroportida Seuldan uchib kelgan fuqaro I. Hakimovning qing‘irliklarini fosh qildi. Unga tegishli yuk jamadoni belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasidagi maishiy texnika buyumlarining tasviri nazorat-rentgan apparati ekranida shubhali aks etgan. Shundan so‘ng, ushbu qurilmalar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, ularning orasiga qiymati 3,7 million so‘mlik 45 dona uyali telefonlar hamda ular uchun mo‘ljallangan 32 dona batareyalar mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi.

Farg‘ona tumanining qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududida harakatlanayotgan notanish shaxs huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillarini ko‘rib qolgach, yonidagi yuklarini tashlab juftakni rostlab qolgan. Qoldirilgan yuklar o‘rnatilgan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu shaxs qiymati 66 million so‘mdan ortiq bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan 70 dona mobil telefonlar hamda 40 dona televizion-tyunerlarini yashirincha olib kirishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan ham shu turdagi bir nechta qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi.

Xususan, “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida piyoda ravishda O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar S. Sultonaliyev, X. Mahmudov va E. Mahmudovlar bojxonachilarni chalg‘itishga urinib, kiyimlari ostidan bellariga bog‘lagancha, 165 ta muqaddam foydalanilgan qo‘l telefonlarini olib kirishga urinishgan paytda to‘xtatib qolindi.

Xitoydan poytaxtda istiqomat qiluvchi F. Kenjayeva nomiga keltirilgan yana bir pochta jo‘natmasida esa deklaratsiyada qayd etilmagan 5 dona VM50 rusumli kichik hajmdagi mobil telefonlar yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bunday ixcham va mo‘jaz telefonlar yilning ayni shu paytida — 1-avgust test imtihonlari oldidan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kirib kelishi avj oladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют