» » “Barselona” Reshford uchun “Manchester Yunayted”ga ikki futbolchisini berishga tayyor

“Barselona” Reshford uchun “Manchester Yunayted”ga ikki futbolchisini berishga tayyor


“Barselona” rahbariyati Markus Reshford uchun “Manchester Yunayted”ga 2 nafar o‘yinchisini berishga tayyor. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbada yozilishicha, “Manchester Yunayted” 21 yoshli futbolchini Filippe Koutinyo va Malkomga almashtirish taklif qilinsa, Angliya klubi uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin. “Barselona” esa bu yo‘lni tanlashi mumkin. Boisi klub bu orqali klubdagi maoshlar miqdorini kamaytirib olishga erishadi.

Avvalroq Kataloniya klubi Reshford transferi uchun 100 million funt atrofida mablag‘ to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, Markusning o‘zi ham Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida o‘ynashda davom etish istagidaligi ma’lum bo‘lgandi. Ma’lumot uchun, Sulsher bugun rasman “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Reshfordning “mankunianlar” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yozida tugaydi. Shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar esa hozircha muvaffaqiyatli yakun topayotgani yo‘q.

Ta’kidlash joiz, Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 finalida “Manchester Yunayted” “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 10-aprel kuni, javob o‘yini esa 16-aprelda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun Markus Reshford joriy mavsum Angliya premyer ligasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют