» » BBC noto‘g‘ri xabar tarqatgani uchun Poroshenkoga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi

BBC noto‘g‘ri xabar tarqatgani uchun Poroshenkoga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi


Britaniyaning BBC korporatsiyasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan noto‘g‘ri xabar tarqatgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Kompaniya, shuningdek, yetkazilgan zararni va barcha sud xarajatlarini qoplashga rozi bo‘lgan.

Avvalroq, London Oliy sudi bu xabarning tarqatilishi Ukraina prezidenti obro‘siga putur yetkazishini tan olib, Poroshenkoning BBC’ga qarshi da’volarini qondirgan. Tovon pulining miqdori oshkor qilinmagan.

2018-yil may oyida BBC manbaga havola berib, Ukraina rasmiylari o‘rtaga odam qo‘yib, Donald Tramp va Pyotr Poroshenkoning uchrashuvini tashkillashtirish uchun AQSh prezidentining sobiq advokati Maykl Koenga 400 ming dollardan 600 ming dollargacha pul bergan, degan xabar chiqargan edi.

BBC ushbu xabar noto‘g‘ri ekanini tan olgan. Hozir xabar nashr saytidan o‘chirilgan, lekin BBC Ukraina xizmati saytida avvalgidek turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют