» » O‘zbekistonda ilk Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi (foto)

O‘zbekistonda ilk Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi (foto)


28-mart kuni Buxoro viloyatida O‘zbekistonda ilk xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi, deya xabar beradi “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Markaz O‘zbekistonda birinchi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 7-mart kuni imzolagan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan tashkil qilingan.

Markaz ayollarning biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar bo‘yicha qayta tayyorlashga ham ko‘maklashadi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi. Maxsus dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit beriladi.

Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 milliard so‘m ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют