» » Davlat organlarida ishlamaydigan fuqarolar ham “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” bo‘lishi mumkin

Davlat organlarida ishlamaydigan fuqarolar ham “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” bo‘lishi mumkin


Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda davlat organlarida ishlamaydigan fuqarolar ham “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

“Nizomga muvofiq ko‘krak nishoni aholining huquqiy savodxonligini oshirishda faol ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga beriladi. Bundan tashqari, hududiy adliya organlari va adliya vaziri o‘z tashabbusi bilan boshqa fuqarolarni ko‘krak nishoniga tavsiya etishi mumkin”, — deydi Adliya vazirligi mas’ul xodimi G‘aybulla Primov.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1-oktabrga qadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida Adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют