» » AQSh: Rossiya va Kuba Venesuelani qo‘llab-quvvatlagani uchun “javob beradi”

AQSh: Rossiya va Kuba Venesuelani qo‘llab-quvvatlagani uchun “javob beradi”


AQSh prezidenti ma’muriyati Rossiyani Venesuelada tarafdori ekanligini kuchaytirgani uchun jazolash zarurligiga shubha qilmaydi, deya xabar beradi “RBK”.

“Bu borada mening aniq tushuncham bor. Rossiya va Kuba ushbu rejimning asosiy ittifoqchilari ekanligini hamma biladi. Ushbu mamlakatlar buning uchun javob berishi kerakligiga hech kimda shubha ko‘rmayapman”, — deydi Venesuela bo‘yicha mamlakatning maxsus vakili Elliot Abrams.

Shu bilan birga, u Venesueladagi inqirozni faqat Maduroga “uning vaqti tugagani”ga ishontirib yoki Venesuelaning hozirgi prezidentini ketish kerakligiga majbur qilish yo‘li bilan hal qilish mumkinligini ta’kidladi.

Bir necha kun avval Abrams AQSh Venesueladagi harakatlari tufayli, xususan, Karakasga harbiy yordam ko‘rsatgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyor ekanligini aytgan. Bundan oldin prezident Donald Tramp Rossiya Venesueladan “chiqib ketishi kerak”ligi va buning uchun “barcha usullar joiz”ligini ta’kidlagan. Keyinchalik Tramp vaziyatni Vladimir Putin bilan muhokama qilish imkoniyatini ham ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют