» » Messi va Ronalduning bir mavsumda qancha pul topishi ma’lum bo‘ldi

Messi va Ronalduning bir mavsumda qancha pul topishi ma’lum bo‘ldi


France Football nashri 2018/19-yilg mavsum bo‘yicha dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilari nomini e’lon qildi.

Reytingni tuzishda maosh, bonus va boshqa daromadlar ham hisobga olingan.

Reytingning birinchi pog‘onasini oyiga 7 million, yiliga bo‘lsa, 130 million yevro topadigan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi band qetgan.

Ikkinchi o‘rinni esa, uning azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu egallagan. “Yuventus” yulduzining yillik daromadi 113 million yevro sifatida qayd etilgan.

Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Neymar 91,5 million yevro bilan yakunlab bergan. Kuchli beshlikdan, shuningdek, Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”, 44 million yevro) va Garet Beyl (“Real”, 40,2 million yevro) ham o‘rin egallagan.

Ma’lumot uchun, mazkur mablag‘lar soliq to‘lovlarigacha bo‘lgan holatda taqdim etilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют