» » Sankt-Peterburg metrosidagi terakt bo‘yicha sud boshlandi. Sudlanuvchilarning barchasi ayblarini tan olmasliklarini bildirdi

Sankt-Peterburg metrosidagi terakt bo‘yicha sud boshlandi. Sudlanuvchilarning barchasi ayblarini tan olmasliklarini bildirdi


Leningrad okrug harbiy sudida Sankt-Peterburg metrosida 2017-yil aprelida 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni amalga oshirishda gumon qilingan shaxslarga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqish boshlandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Yig‘ilish davomida ayblov xulosasi o‘qib eshittirilganidan so‘ng barcha sudlanuvchilar ayblarini tan olmasliklarini bildirdi.

Sud boshlangunga qadar ayblanuvchilardan biri Shohista Karimova jurnalistlarga bu ish uyushtirilgani, sumkasiga granata solib qo‘yilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ishi bo‘yicha jami 11 kishi — Abror va Akram Azimovlar, Sayfulla Hakimov, Dilmurod Muydinov, Sodiq Ortiqov, A’zamjon Mahmudov, Maxamadyusuf Mirzaolimov, Bahrom Ergashev, Ibrohim Ermatov, Shohista Karimova, Muhamadyusuf Ermatov hibsga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют