» » “Daryo”da tanqid qilingan Shahrixondagi kutubxonaga tuman amaldorlari kitoblar sovg‘a qildi

“Daryo”da tanqid qilingan Shahrixondagi kutubxonaga tuman amaldorlari kitoblar sovg‘a qildi


2018-yilning noyabr oyida “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning “Sharof Rashidov qurdirgan kutubxona jar yoqasida. Unga kim qo‘l cho‘zadi?” nomli tanqidiy maqolasi e’lon qilingan edi. Unda atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tashabbusi bilan 1982-yili Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Barkamol avlod” mahallasida qad rostlagan kutubxonaning kun sayin achinarli holatga kelayotgani haqida atroflicha fikr yuritilgandi. Shundan so‘ng oradan bir yarim oy vaqt o‘tib, tahririyatimizga mazkur maqola yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov imzosi bilan yozilgan javob xati kelgandi. Maktubda ushbu kutubxona joriy yilning so‘ngiga qadar to‘liq qayta ta’mirlanishi ta’kidlangan edi.

Mazkur ziyo maskanida Shahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov boshchiligida kitobxonlik aksiyasi tashkil etildi. Unda hududdagi sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, kutubxonaga kitoblar sovg‘a qilishdi. Natijada kutubxona fondi 3500 dona adabiyotga boyidi.

Tuman hokimining aytishicha, kutubxona Andijon davlat tibbiyot instituti balansidan tuman madaniyat bo‘limi tasarrufiga olindi. Qisqa fursatda “Saxovat qurilish” MChJ tomonidan mukammal ta’mirdan chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют