» » Buxoroda Ichki ishlar vaziri sayyor qabullari davom etmoqda

Buxoroda Ichki ishlar vaziri sayyor qabullari davom etmoqda


2-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan Buxoroda tashkil etilgan ommaviy qabul jarayonida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning sayyor qabuli tashkil etildi.

Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashovning “Daryo”ga xabar berishicha, sayyor qabulning dastlabki kuni Buxoro shahar 3-sektor shtabida bo‘lib o‘tgan.

Ichki ishlar vaziri Buxoro va Kogon shahri, Kogon, Jondor, Qorako‘l, Olot va Qorovulbozor tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan. Sayyor qabulda 149 nafar fuqarodan uy-joy olish va uy-joy qurilishidagi muammolar, mehnat va bandlik masalalarining yechim topmayotgani, fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish, shuningdek, nogironlikdan aziyat chekish, pensiya ta’minoti va bolalar nafaqasini olish kabi sohalarga oid murojaatlar tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shundan 89 ta ijtimoiy-huquqiy va maishiy, 32 ta sobiq ichki ishlar organlari xodimlarini ishga qayta tiklash, 15 ta surishtiruv va tergov, 4 ta fuqarolik va pasport-viza, 5 ta mahkumning huquqiy holati masalalariga oid murojaatlar qabul qilingan. Sayyor qabul jarayonining birinchi kuni 59 ta murojaat o‘z joyida hal etilib, 89 ta murojaatning qayta ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan. 6 nafar murojaat egasiga asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berilgan.

Sayyor qabul jarayonida bevosita ichki ishlar tizimiga dahldor 10 ta murojaat asosida dastlabki tergov harakatlari qayta tiklangan. 5 ta holat yuzasidan esa qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritilgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida murojaat qilgan 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. 2 nafar mahkum yashash hududiga yaqin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilgan bo‘lsa, 1 nafar xorijiy fuqaro hamda 1 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari rasmiylashtirib berilgan.1 nafar fuqaroning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilish bo‘yicha hujjatlari rasmiylashtirilgan.

— Men Buxoro shahrida yashayman. Ammo O‘zbekistonning haqiqiy fuqarosi emasligim yuragimda kemtik edi. Bugungi sayyor qabul orzu-armonlarimni ushaltirdi. O‘zbekiston Respublikasi pasportini qo‘limga oldim. Shunday imkoniyatlar yaratib berilgani uchun Ichki ishlar vazirligiga o‘z minnatdorligimni bildiraman, — dedi Olim Ravshanov.

Sayyor qabulda 4 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarni qonuniy rasmiylashtirish uchun mahalliy hokimiyatning qarorlari chiqarib berilgan.

Sayyor qabul davomida mustaqil yura olmaydigan 5 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi hamda eshitish qobiliyati sust bo‘lgan 3 nafar fuqaroga maxsus eshitish moslamasi berilgan. Bundan tashqari, 15 nafar fuqaroga Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi orqali ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining PQ 3680-sonli qarori asosida 3 nafar fuqarolar o‘z tomorqa yerlariga biriktirilib, ularga mehnat daftarchalari ochilgan holda ish bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirining Buxorodagi sayyor qabuli bugun, 3-aprel kuni Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon, Romitan va Peshku tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют