» » Farg‘onada viloyat prokurori ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi

Farg‘onada viloyat prokurori ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi


Farg‘ona viloyati ikkinchi sektori rahbari – viloyat prokurori tomonidan Buvayda tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Tumandagi 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu sektor hududida bo‘lib, qabulda aholining talab va istaklari yaqindan o‘rganildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokurorining katta yordamchisi Anvarjon Nazarov ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Masalan, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi A.Rizayev tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish, Oqtom qishlog‘ida yashovchi I.Ahmedov davolanish va nogironlikni belgilash, Sho‘rtepa qishlog‘ida yashovchi E.Rahmatullayev xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish, Bandikushod qishlog‘ida yashovchi R.Usmonova fuqarolik sudining qaroridan noroziligini, Ariqbo‘yi qishlog‘ida yashovchi U.Sotvoldiyev nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, Anhor qishlog‘ida yashovchi O.Tojiboyeva ishga joylashtirish, Beglar qishlog‘ida yashovchi Sh.Madiyeva mahalla ko‘prigini ta’mirlash, Urganji qishlog‘ida yashovchi Sh.Ahmedov maktab o‘quvchilari uchun katta yo‘ldan o‘tish joyi tashkil etishda yordam so‘rab murojaat qildi.

– Bir necha oy davomida turli tashkilotlarga murojaat qildim, ammo ishga joylasha olmay xunob bo‘lib yurgandim. Sayyor qabul davomida tumandagi 4-maktabga ishga qabul qilindim, – deydi Cho‘l qishlog‘ida yashovchi F.Mamarizayeva.

– Zax suvlari ko‘tarilib, hududimizdagi daraxtlar qurimoqda, devorlarga ham ancha zarar yetdi. Bu haqda tegishli idoralarga qilgan murojaatimiz ijobiy hal etilmayotgan edi. Bugun bu masalada muammo qolmadi. Tegishli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, chora-tadbir belgilandi, – deydi Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi K.Yuldashev.

Sayyor qabulda shu kabi ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yana bir qator ariza va murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют