» » Toshkentda baykerlar 7-aprel kuni motomavsumni boshlab beradi

Toshkentda baykerlar 7-aprel kuni motomavsumni boshlab beradi


“Toshkent bo‘ylab 21 kilometr” xayriya aksiyasi O‘zbekistonda mototuristik mavsumni ochib beradi. U bir necha tadbirlarni o‘z ichiga olgan, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan sayohatda ishtirok etuvchi birinchi guruh ishtirokchilarining ro‘yxati shakllantirilgan. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining malakali mototsiklchilari 7-aprel kuni soat 11.00da “Paxtakor” metro bekati yonida to‘planadi va soat 12.00da shahar bo‘ylab 21 kilometr masofada ko‘rgazmali namoyishga chiqadi.

Soat 11.00da “Anhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida ham mototuristik mavsum ochilishida ishtirok etishni xohlagan moto ishqibozlarini ro‘yxatga olish boshlanadi va ikkinchi guruh shakllantiriladi. Birinchi guruh boqqa yetib kelgach, ikkala guruh ishtirokida bog‘ bo‘ylab motosayohat uyushtiriladi.

Soat 12.30dan 16.00ga qadar “Toshkent bo‘ylab 21 kilometr” xayriya aksiyasi doirasida turli madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Jumladan, “Eng original mototsikl”, “Eng chiroyli moto”, “Qo‘lda yig‘ilgan eng yaxshi moto” kabi nominatsiyalarda tanlov o‘tkaziladi va g‘oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют