» » Toshkentda bayram kuni 15 ta manzilda salyut otiladi

Toshkentda bayram kuni 15 ta manzilda salyut otiladi


Toshkentda 1-sentabr kuni kech soat 21:00 dan 21:16 gacha Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan bayram salyuti amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Poytaxt aholisi va mehmonlari bayram salyutlarini Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi istirohat bog‘larida tomosha qilishi mumkin.

Istirohat bog‘lari va maydonlar ro‘yxati:

“Quyoshcha nuri” istirohat bog‘i;

Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (yangi bog‘);

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ (Eko bog‘);

“Grin Park” madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq “Sohil” bog‘i);

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

“Bog‘ishamol” madaniyat va istirohat bog‘i;

G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

“Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i;

Yakkasaroy tumanidagi Bobur bog‘i;

“Do‘stlik” istirohat bog‘i;

“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonining Bunyodkor shohko‘chasiga yaqin qismi;

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasining old maydoni, Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab;

Milliy bog‘ hududiga kirish qismi, Furqat ko‘chasi bo‘ylab;

Adiblar xiyoboniga kirish qismi, Bunyodkor shoh ko‘chasi bo‘ylab.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют