» » Ronaldu jarohatidan qutuldi, u “Milan” va “Ayaks”ga qarshi maydonga tushishi mumkin

Ronaldu jarohatidan qutuldi, u “Milan” va “Ayaks”ga qarshi maydonga tushishi mumkin


Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘ng oyoq mushaklaridan olgan jarohatidan tuzaldi va u Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining “Ayaks”ga qarshi kechadigan dastlabki uchrashuvida maydonga tusha oladi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 25-mart kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Portugaliya terma jamoasi safida Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat olgandi (1:1). Mazkur o‘yinning 29-daqiqasida Ronaldu o‘ng oyoq mushaklaridan jarohat olib, 31-daqiqada zaxiraga olingandi.

Qayd qilinishicha, portugaliyalik hujumchi 6-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Italiya chempionatining 31-turida “Milan”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tusha olishi mumkin. Ammo “Yuventus” rahbariyati ushbu o‘yinda Ronaldu xizmatidan foydalanmoqchi emas, chunki futbolchining jarohati qaytalanishidan xavotirlanmoqda.

Ma’lumot uchun, “Yuventus”ning “Ayaks”ga qarshi dastlabki uchrashuvi 10-aprel kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tsa, javob o‘yini 16-aprel kuni Turin shahrida otkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют