» » Qozog‘iston prezidentining Moskvadagi korteji aks etgan video paydo bo‘ldi (video)

Qozog‘iston prezidentining Moskvadagi korteji aks etgan video paydo bo‘ldi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Moskva ko‘chalarida ketayotgan korteji tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Video 3-aprel kuni Moskvaning markaziy ko‘chalaridan birida tasvirga olingan.

Qora tonirovka qilingan prezident avtomobili motosikllar boshchiligida harakatlangan.

Dastlab moskvaliklar mashina kimga tegishli ekaniga qiziqqan. Avtomobilda Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘rgach, “Qozog‘iston, Qozog‘iston! Qozoqlar keldi!” deya baqirishgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlardan birida video rolik tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘targani yozilgan.

Protokolga ko‘ra, xorijiy prezidentlarning xizmat tashrifi paytida 5 nafar motosikl hamrohlik qilishi kerak. Lekin To‘qayevning kortejiga 9 ta motosikl yo‘lboshchilik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют