» » BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisi Liviya tufayli o‘tkaziladi

BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisi Liviya tufayli o‘tkaziladi


5-aprel kuni Liviya bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yopiq majlisi chaqirildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

BMTning Liviya missiyasi bo‘yicha missiya (UNSMIL) rahbari Gassan Salame vaziyat haqida hisobot beradi.

Ushbu majlis tashabbuskori Birlashgan qirollik bo‘lgan. UNSMIL rahbari Gassan Salame brifing a’zolarini hozirgi vaziyat bilan tanishtiradi.

Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Xaftar “terrorchilardan ozod qilish” maqsadida o‘z kuchlariga Tripoliga hujum boshlashni buyurgan.

Xabarda aytilishicha, liviyalik armiya bo‘linmasi Garyan va Surman shaharlarini nazoratga olgan.

Tripolidagi milliy birlik hukumati rahbari Fayoz as Saraj Liviya milliy armiyasi Tripolidan janub va g‘arbdagi shaharlarni nazoratga olgani haqidagi xabardan so‘ng kerak paytda kuch ishlatish haqida buyruq chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют