» » Qozog‘istonlik jurnalist: Toshkentda bizga milliy restoranni tavsiya qilib, taksimizga pul to‘lagan o‘tkinchi tuman hokimi bo‘lib chiqdi

Qozog‘istonlik jurnalist: Toshkentda bizga milliy restoranni tavsiya qilib, taksimizga pul to‘lagan o‘tkinchi tuman hokimi bo‘lib chiqdi


Qozog‘istonlik jurnalist Danara Kurbanova Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonga qilgan sayohatidan olgan taassurotlar bilan bo‘lishdi va bir qiziqarli voqeani so‘zlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u hamrohlari bilan tushdan keyin osh qilinadigan restoranni topolmay, shaharda adashib yurgan vaqtida, tasodifan Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shomurodovga duch kelgan. Uning kimligini bilmagan holda, sayyohlar undan milliy taomlar restoranini tavsiya qilishni so‘ragan. Hokim ularga o‘z tavsiyasini berib, taksiga ham mindirib yuborgan, taksi pulini to‘lab qo‘yishni ham unutmagan. Bundan noqulay holatga tushgan sayyohlarga esa ular bu yerda mehmon ekanligini aytib, “bir kuni o‘z vataningizda o‘zbeklarni uchratsangiz, ularga ham yaxshilik qilarsiz”, — degan.

Taksiga o‘tirgach, qozog‘istonliklar o‘zlariga hamsuhbat bo‘lgan kishi Yakkasaroy tumani hokimi ekanligini haydovchidan eshitgan va hayratdan yoqa ushlagan.

“Biz o‘zlarini oddiy odamlardek tutadigan xorijlik siyosatchilarga qoyil qolishga odatlanganmiz, ammo bundaylar o‘zimizda ham bor. Gap Baxtiyor Shomurodov taksi uchun to‘lagan 1 dollarda emas (ha, Toshkentda taksi shunchalik arzon). Gap shundaki, bu odam soqchilari bilan yurgani, bizni e’tiborsiz qoldirgani, o‘zining hokim ekanligini yuzimizga solgani yo‘q, shunchaki insonlarcha yordam berdi. Aynan shunday mansabdorlar — o‘z mamlakatining eng yaxshi piarchilari. Endi men Toshkentga yana kelishimga ishonaman. Hokim Shomurodov nafaqat mening taksimga pul to‘ladi, u mening bu shaharni sevib qolishim uchun asosli sabab topib berdi. Va buning uchun unga katta rahmat!” — deb yozadi jurnalist.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют