» » A Seriya. “Yuventus” bugun Turinda “Milan”ni mehmon qiladi

A Seriya. “Yuventus” bugun Turinda “Milan”ni mehmon qiladi


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempioantining 31-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasi bilan jang qiladi. O‘yinga Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, turinliklar 30-turda “Kalyari”ni 2:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, “rossonerilar” “Udineze” bilan durang natija qayd etgandi (1:1).

Shu kuni oxirgi bahsda “Fiorentina” bilan durang o‘ynagan Rimning “Roma” klubi “Sampdoriya” mehmoni bo‘ladi. O‘yin soat 23:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, rimliklar 48 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

7-aprel, yakshanba kuni Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Atalanta” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv soat 21:00 da start oladi. Ta’kidlash joiz, avvalgi turda “neradzurrilar” safarda “Jenoa”ni yirik hisobda yutgandi (4:0).

Musobaqa jadvalida 2-pog‘onadan joy olgan Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” “Jenoa”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 23:30 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, neapolliklar 3-aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Empoli”ga mag‘lub bo‘lgandi (1:2).

30-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

31-tur bahslari

6-aprel, shanba

7-aprel, yakshanba

8-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют