» » “Men tirik ekanman, 'Million' sahnaga chiqmaydi”, deganlar bo‘lgan. Davron Kabulov tahdidlar haqida gapirib berdi (video)

“Men tirik ekanman, 'Million' sahnaga chiqmaydi”, deganlar bo‘lgan. Davron Kabulov tahdidlar haqida gapirib berdi (video)


“Million” jamoasi sardori  Davron Kabulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Davron Kabulov tahdidlarga uchragani haqida gapirib berdi.

Maishiy, juda oddiy hazillar bilan umrimizning oxirigacha jamoa bo‘lib ishlay olmaymiz. Chexovning juda chiroyli gapi bor: “Eng oson va arzon kulgi bu—yalong‘och kulgi!”. Biz jamoaning eski va yangi tarkibi bilan ham behayo hazillar mavzusiga ozmi-ko‘pmi murojaat qilganmiz. Lekin Mirkomil akam ham, o‘zim ham bunaqa hazillar bo‘lmasligiga harakat qilamiz. Bo‘lgan taqdirda ham iloji boricha “qog‘ozga o‘rab” qo‘yishga harakat qilamiz. Xudoga shukr, jamoaga bosim yo‘q, lekin vaqtida yetarlicha bosim ko‘rdik. 2,5 yil taqiqda ham o‘tirdik. “Seni o‘ldirib ketamiz” ham deyishgan. “Men tirik ekanman, bu jamoa sahnaga chiqmaydi” deydiganlar ham bo‘lgan. Bir banda ikkinchisiga Xudo izn berganchalik yomonlik qila oladi. “Shu jamoaning orqasida kimdir bor”, degan gaplarni ko‘p eshitaman. Xudoga shukr, bunday emas. Ishonganimiz faqat Yaratgan. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi odamlarni qiynayotgan masalalarni olib chiqinglar deb, o‘zlari bizga murojaat qilgan. Bunaqa ruhlantirib turishgandan keyin, tabiiyki, hech narsani o‘ylamasdan faoliyatimizni davom ettiraveramiz.

Davron Kabulov, “Million” jamoasi sardori 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют