» » Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi. Aeroportda yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi. Aeroportda yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shakat Mirziyoyev ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirgan.

Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Kutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa bo‘limlarda yo‘lovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Duty Free do‘konlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan.

“Prezidentimiz terminalda yaratilgan sharoitlarni ma’qullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etish loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют