» » O‘zbekistonda maktablar reytingi imtihonlarida bir o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchi kirishi aniqlandi

O‘zbekistonda maktablar reytingi imtihonlarida bir o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchi kirishi aniqlandi


Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazilishi boshlandi va u 15 aprelgacha davom etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 17-sonli maktabdan imtihon jarayonida 3 nafar o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchilarning imtihonga kirgani, 35- va 38-sonli maktablarda ham imtihon olinayotgan sinfga boshqa sinf o‘quvchilarining kiritilganlik holatlari aniqlangan. Ushbu jarayonda imtihon to‘xtatilib, dalolatnoma tuzilgan.

Ushbu maktablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan reytingda ishtirok etish uchun viloyatdagi eng na’munali maktab sifatida tanlanib, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют