» » O‘zbekistonda joriy yilgi maktablar reytingida qatnashadigan ta’lim muassasalari ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilgi maktablar reytingida qatnashadigan ta’lim muassasalari ro‘yxati ma’lum bo‘ldi


Joriy yilda e’lon qilinadigan maktablar reytingida ishtirok etadigan barcha ta’lim muassasalari ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2019-yilgi reytingda respublika hududi bo‘yicha jami 956 ta maktab tanlab olindi. Ro‘yxat inspeksiya tomonidan e’lon qilingan. Maktablar reytingi 3 ta ko‘rsatkichlar (indikatorlar) bo‘yicha tuzib chiqiladi:

Keyingi o‘quv yilidan boshlab 1-reyting ko‘rsatkichidan ham (11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari va o‘qishga tavsiya etilgan o‘qituvchilar salmog‘i) maktablar faoliyatini baholashda foydalaniladi.

Reyting jarayonida 9-sinf o‘quvchilari ona tili fanidan diktant (125-140 ta so‘z) va matematika fanidan 1 ta masala va 4 misoldan iborat nazorat ishi topshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholovchi mezonlar (reyting indikatorlari)ni tasdiqlash, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari reytingini tuzish, reyting yakunlarini ommaviy axborot vositalarida, Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2019-yil 30-yanvar kuni Davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yilda reyting jarayoniga jalb qilinadigan umumta’lim muassasalarini tanlab olish, reytingga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va nazorat turlari belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют