» » O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish to‘g‘risidagi arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi

O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish to‘g‘risidagi arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi


Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 1-martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) tartibini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) va qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarning;

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining yo‘llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta’lim olgan fuqarolarning;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan fuqarolarning;

Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarning, ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarning, ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

xorijiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’lim olgan fuqarolarning;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish);

b) ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risidagi arizalarni faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Davlat inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish;

o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash;

dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют