» » OChL. “Paxtakor” bugun Xavi va Gabisi bor “As-Saad”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa safarda “Al-Ittihod” mehmoni bo‘ladi

OChL. “Paxtakor” bugun Xavi va Gabisi bor “As-Saad”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa safarda “Al-Ittihod” mehmoni bo‘ladi


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-tur bahslari doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

“D” guruhida Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Qatarning “As-Sadd” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi. Ta’kidlash joiz, “As-Sadd” safida Xavi va Gabi ham maydonga tushadi. Ma’lumot uchun “sherlar” so‘nggi bosqichda “Al-Ahli”ni Marat Bikmayevning yagona goli evaziga yutgandi (1:0).

Shu kuni “B” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Toshkentning yana bir klubi “Lokomotiv” safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Jidda shahridagi “Qirol Abdulla” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” 2-turda “Ar-Rayyan”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (1:2).

OChL

9-aprel, seshanba

“B” guruhi

“D” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют