» » O‘zbekistonga ikkinchi Airbus A320neo layneri keltirildi

O‘zbekistonga ikkinchi Airbus A320neo layneri keltirildi


2019-yil 9-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ikkinchi Airbus A320neo samolyotini qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi Airbus A320neo layneri 2019-yil 11-mart kuni O‘zbekistonga keltirilgan va reysga tushirilgan edi.

Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznes klassda — 12 ta, ekonom klassda — 138 ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot  yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.

Samolyotning parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha oshgan, bu butun Markaziy Yevropa mintaqasini parvozlar bilan ta’minlash imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют