» » So‘rov: Olmaota aholisi Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kimni loyiq deb hisoblaydi? (video)

So‘rov: Olmaota aholisi Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kimni loyiq deb hisoblaydi? (video)


Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari 9-iyunda bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat boshlig‘i Qosim-Jo‘mart To‘qayev saylovlar adolatli va shaffof o‘tishiga va’da berdi. “Nur.uz” muxbirlari Olmaota bo‘ylab yurib, odamlardan prezidentlik lavozimida kimni ko‘rishlarini so‘radi.

Deyarli barcha respondentlar navbatdagi saylovlarda Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘alaba qozonishi yaqqol deb o‘ylagan.

“U ziyoli va ayni paytda eng ko‘zga ko‘ringan shaxs”, — deydi olmaotaliklar.

Lekin ko‘pchilik prezidentlik lavozimida birinchi prezident — Nursulton Nazarboyevni ko‘rishni xohlashini aytgan.

“Agar Elboshi qaytsa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, “Nursulton Nazarboyev — mana men kimni prezident bo‘lishini xohlayman”, “ bilan hech qanday muammo yuzaga kemagan”, — deydi olmaotaliklar.

Bundan tashqari, respondentlarning anchasi Qosim-Jo‘mart To‘qayev hozirgi lavozimida qolishini ma’qul deb aytgan.

Ularning fikricha, To‘qayev aynan hozir mamlakat boshqaruvi uchun kerakli bo‘lgan shaxs.

Respondentlar ichidan 3 nafar rahbar Senat raisi Dariga Nazarboyevaning nomzodini ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют