» » Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli to‘lovga sotib olish imkoniyati yaratildi

Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli to‘lovga sotib olish imkoniyati yaratildi


GM Uzbekistan “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli to‘lovga sotib olishni taklif qiladi.

Xaridorlar 215 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 million so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin.

Buning uchun esa muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisi to‘lovini amalga oshirish kifoya.

Avtomobillar uchun sug‘urta to‘lov summasi quyidagicha:

Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)

Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)

Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)

Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15-sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Qayd etish joizki, shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Muddatli to‘lovga faqat dilerlarda mavjud avtomobillar qo‘yilgan bo‘lib, ularning soni chegaralangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют