» » OAV: MRB uchuvchisiz uchuvchi qurilmalar yordamida terrorchilarni yo‘q qilish huquqini oldi

OAV: MRB uchuvchisiz uchuvchi qurilmalar yordamida terrorchilarni yo‘q qilish huquqini oldi


Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida terrorchilikda gumon qilinganlarga qarata hujum qilish huquqini oldi. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

AQSH prezidenti Donald Tramp, shu tariqa Barak Obama boshqaruvi davridagi maxsus xizmatga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi.

Shu kungacha MRBning vazifasi terrorchilarni dronlar orqali aniqlashdan iborat edi. Nishonga qarata zarbalar esa harbiylar tomonidan amalga oshirilardi. Endi ushbu vakolatga MRB ham ega bo‘ldi.

E’tiborli tomoni shundaki, Pentagon berilgan zarbalar va ularning natijasi haqida hisobot berishga majbur, MRB esa hech kimga hisobot bermaydi. MRB va Pentagon vakillari kiritilgan o‘zgarishlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Maxsus xizmat yangi vakolatidan fevral oyi oxirida – “Al-Qoida” terrorchilik guruhining Suriyadagi yetakchisi Abu al-Heyra al-Masri yo‘q qilishda foydalandi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni vaqtda MRB, Pentagon va Oq uy antiterrorchilik strategiyasi operatsiyasini va sohalar bo‘yicha javobgarlikni muhokama qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют