» » Samarqandning Bulung‘ur tumanida “Bulung‘ur” suv ombori qurilishiga kirishildi

Samarqandning Bulung‘ur tumanida “Bulung‘ur” suv ombori qurilishiga kirishildi


Ayni kunda, Samarqand viloyati Bulug‘ur tumanida “O‘zmaxsussuvqurilish” davlat korxonasi, “Zarafshonmaxsussuvqurilish”, “Boyovutdavsuvmaxsuspudrat”, “Yozyovonmaxsussuvqurilish” davlat unitar korxonasi kabi o‘nlab suv qurilishi korxonalarining 100 ga yaqin ekskavator va buldozerlari yer qazish va tekislash ishlarini boshlab yubordi, bu haqda “Zarnews.uz” xabar qiladi.

“Prezidentimiz shu yil 11-yanvarda viloyatga amalga oshirgan tashrifida ushbu suv omborini qurish taklifini bildirgandi”, — deydi “Samarqandsuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasining birlashgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Berdimurodov.

Loyihaning hajmi 100 million metr/kubni tashkil etadigan mazkur suv ombori uchun suv olish manbaini asosan qish mavsumida Bulung‘ur tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanallar hamda sel oqimi oqibatida hosil bo‘ladigan suvlar tashkil etadi. Qurilish ishlari 2021-yilda tugallanadi. Suv omborining ishga tushirilishi bilan Ishtixon, Payariq va Bulung‘ur tumanining 35,8 ming gektar suvli va lalmi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon-fermerlari uzluksiz suv bilan ta’minlanadi.

“Bulung‘ur” suv omborini qurish uchun 163,3 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют