» » OAV: Barak va Mishel Obama Fransuz Polineziyasida bir oy dam oladi

OAV: Barak va Mishel Obama Fransuz Polineziyasida bir oy dam oladi


Fransuz Polineziyasi rasmiylari 16-mart, payshanba kuni Taitiga AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishelning tashrifini kutmoqda. Bu haqda 15-mart, chorshanba kuni Yangi Zelandiya radiosi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Barak va Mishel Obama Fransuz Polineziyasida bir oyga yaqin vaqt o‘tkazishi ma’lum qilinmoqda.

Mahalliy Tahiti Nui TV telekompaniyasining ma’lum qilishicha, ular Tetiaroa oroliga yo‘l oladi. U yerda kurort kompleksi joylashgan (o‘tmishda mazkur atoll amerikalik aktyor Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan). Shundan so‘ng ular “lyuks” mehmonxonalari bilan mashhur Bora-Bora oroliga yo‘l oladi.

Mahalliy hukumat AQSh sobiq prezidenti bilan rasmiy marosimni rejalashtirmayapti.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 16) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют