» » O‘zbekiston 2019-yilgi Global Muslim Travel Index reytingida yuqoriladi

O‘zbekiston 2019-yilgi Global Muslim Travel Index reytingida yuqoriladi


2019-yilning aprel oyida taqdim etilgan Jahon halol turizm reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari orasida esa Top-10 ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston ziyorat turizmi bo‘yicha 18-o‘rinda (2018-yilda — 32 o‘rinda bo‘lgan). Yetakchilik — Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlarida. Bulardan tashqari, ro‘yxatda Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokash, Bahrayn, Ummon, Bruney, Iordaniya, Eron, Misr, Kuvayt, Tunis, Pokiston, Jazoir, Livan, Bangladesh, Maldiv ham qayd etilgan. Qozog‘iston va Ozarbayjon esa O‘zbekistondan keyin 19- va 20-o‘rinlarni egallagan.

Halol turizm ziyoratchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston 9-o‘rinni egallagan. Ilk uch o‘ringa Saudiya Arabistoni, Turkiya va Marokash munosib ko‘rilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan Malayziya, Bahrayn, BAA, Qozog‘iston, Eron va Indoneziya mamlakatlari ham joy olgan.

Global Muslim Travel Index 2019 reytingini tuzishda mamlakatlarning iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda Buxoro shahrida o‘tkazilgan hamda dunyoning turli davlatlari vakillarini o‘zida jamlagan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi shular jumlasidandir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют