» » Toshkentning “Oqlon” mahallasidagi yonib ketgan 6 ta xonadon egalariga 200 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi

Toshkentning “Oqlon” mahallasidagi yonib ketgan 6 ta xonadon egalariga 200 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi


18-mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasidagi “Ko‘kcha darvoza”, Fuzuliy va Omon Muxtorov ko‘chalarida joylashgan oltita xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan va 65 kishi boshpanasiz qolgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon ahllaridan xabar olib, hamdardlik bildirgandi.

13-aprel kuni muftiy hazratlari tashabbusi, Toshkent shahar vakilligi, Shayxontohur tumani imom-xatiblari ishtirokida xonadon sohiblariga 200 000 000 so‘mdan ziyod moddiy yordam yetkazildi. Yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon sohiblari ko‘rsatilgan sahovat va e’tibor uchun minnatdorlik izhor etib, bu xayrli ishga hissasi qo‘shilganlar haqqiga duoi-xayrlar qilindi.

Bunday qiyin damlarda mahalla ahllari ham musibat egalariga astoydil yordam ko‘rsatayotgani, xususan, uylaridan boshpana berib, o‘z rizqi nasibasining yarmini qo‘shnilari bilan baham ko‘rayotgani tahsinga sazovor. Xonadonlarni qayta qurish ishlari ham xalq hashari yo‘li bilan davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют