» » MIB qoraqalpog‘istonlik fermerning 112 mln so‘m qarzini undirib berdi

MIB qoraqalpog‘istonlik fermerning 112 mln so‘m qarzini undirib berdi


Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘­iston Respublikasi boshqarmasi Beruniy tuman bo‘limi “Beruniy paxta tozalash” AJdan da’vogar “Chinor Madina” fermer xo‘jaligi foydasiga 112 683 000 so‘m qarzdorlikni undirib berdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi ijro ish yurituvini boshlab, “Beruniy paxta tozalash” AJga sud qarorini ixtiyoriy ravishda ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik muddat bergan.

Biroq, belgilangan muddatda “Beruniy paxta tozalash” AJ tomonidan fermer xo‘jaligi oldidagi qarzdorlik yopilmagan. Shundan so‘ng, qarzdor “Beruniy paxta tozalash” AJga qarashli qishloq vrachlik punkti eski binosi tegishli tartibda xatlovga olinib, baholash tashkiloti tomonidan ushbu ko‘chmas mulk obyekti 110 729 000 so‘mga baholangan hamda elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yilgan.

Sotuvdan tushgan pullar hisobidan da’vogar “Chinor Madina” fermer xo‘jaligi hisob raqamiga 112 683 000 so‘m o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют