» » “Rosatom” direktori O‘zbekistonning AES qurish qarori qanchalik to‘g‘ri ekanligiga izoh berdi

“Rosatom” direktori O‘zbekistonning AES qurish qarori qanchalik to‘g‘ri ekanligiga izoh berdi


Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan XI “Atomekspo” forumida ishtirok etayotgan “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

“Daryo” muxbiri Sevara Nishonova “Rosatom” rahbariga “O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligini yechishning eng munosib va samarali usuli sifatida atom elektr stansiyasi qurish haqida qaror qabul qilindi. Biroq, bir necha rivojlangan mamlakatlar, xususan Germaniya va Yaponiya AESlar sonini qisqartirmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayapmizmi?” deya murojaat qildi.

Aleksey Lixachyov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Men aminmanki, O‘zbekiston qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar hamisha to‘g‘ri yo‘ldan boradi.

Ikkinchidan, siz sanab o‘tgan Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda atom masalalari borasida qabul qilingan qaror bilan bog‘liq ko‘plab nozik jihatlar mavjud. Ularni bir-biriga mazmunan yaqin yoki yakuniy deb bo‘lmaydi.

Agar yalpi ichki mahsulot o‘sib borayotgan jahon mamlakatlari birinchi o‘ntaligi haqida gapirsak, u holda aksar mamlakatlar o‘zining yadroviy energetika salohiyatini nafaqat saqlab qolmoqda, balki uni rivojlantirmoqda ham. Ular ushbu sohaga davlat resusrslarini jalb qilmoqda hamda atom energetikasini rivojlantirayotgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekiston shunchaki atom texnologiyalariga ega mamlakat emas. O‘zbekiston izotop tibbiy preparatlar bozorida sezilarli darajada ishtirok etmoqda. Ayrim turdagi tibbiy preparatlar sifati bo‘yicha Rossiya mahsulotlaridan qolishmaydi, ayrimlarining sifati esa ularni ham ortda qoldiradi.

Albatta, qudratli atom stansiyalari qurilishi va ishga tushirilishi eksport uchun katta miqdordagi uglevodorod resurslarini ajratadi.

Bu esa mamlakatning tashqi savdosiga, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga muhim hissa, degani.

O‘ylaymanki, bu additiv texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, yangi materiallar bilan bog‘liq yangi texnologiyalar rivojlanishi uchun juda katta va muhim turtki bo‘ladi.

Biz o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan juda keng kun tartibini muhokama qilmoqdamiz. Aminmanki, ushbu hamkorlik natijasida atom sohasida sinergetik samara ko‘zga tashlanadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют