» » O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridori bo‘lishdan to‘xtadi

O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridori bo‘lishdan to‘xtadi


Ukrainaning “Ukrsukor” shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ukrainadagi shakarning asosiy xaridori bo‘lishni to‘xtatgan. Bu haqda “Spot” xabar beradi.

Mart oyida Ukraina 30,2 ming tonna shakar sotgan. Asosiy yetkazib berish Ozarbayjon (17%) va Tojikistonga (14%) amalga oshirilgan. O‘zbekistonga esa 13 foizni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun: 2018-yilning mart oyida O‘zbekiston Ukrainadan 23,5 ming tonna shakar olgan. Bu mamlakatning umumiy shakar eksportining 50 foizini tashkil qilgan.

“Ukrsukor”ning hisobotiga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekiston uchta asosiy xaridorlar ro‘yxatiga kirmagan: asosiy yetkazib berishlar Ozarbayjon (25%), Buyuk Britaniya (18%), Qirg‘iziston va Isroilga (13%) amalga oshirilgan.

Avvalroq, shakar importi bir necha barobar kamayganligi xabar qilingan edi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston chet eldan 18,3 million dollarlik shakar sotib olgan, bu 2018-yilning yanvar-fevral oyi bilan taqqoslaganda deyarli 81 foizga kamdir.

2017-yilda mahalliy shakar zavodlari to‘xtagandan keyin xorijiy shakar O‘zbekistonga faol ravishda yetkazib berila boshlangan va shakar importi uchun nol daraja o‘rnatilgan.

Biroq, 2018-yil oxirida shakar importi uchun imtiyozlar qisqartirilgan. Agar ilgari barcha import shakari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda faqat aromatik yoki rangli qo‘shimchalarsiz xom shakar ozod qilingan.

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqaruvchilar uchun esa aksincha, 2020-yilgacha QQSdan ozod qilingan (dastlab 2019-yilgacha edi). Shu bilan birga mahalliy korxonalar qayta tiklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют