» » O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Prezident qarori bilan Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

a) sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalari davlat va xususiy sherik o‘rtasida quyidagi bir yoki bir necha shakllarni birlashtirish orqali amalga oshiriladi:

sog‘liqni saqlash sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, yaratish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish;

sog‘liqni saqlash sohasida tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;

b) Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari xususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;

v) bitimning amal qilish muddati davlat va xususiy sherik tomonidan belgilanadi. Bunda u uch yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak;

g) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda xususiy sherikka ajratilgan yer uchastkalari, sotib olingan tibbiy va boshqa uskunalar, shuningdek, ular tomonidan qurilgan obyektlar bitimning amal qilish muddati tugagandan so‘ng davlat sherigiga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют