» » World Press Photo 2018-yilning eng yaxshi fotolarini aniqladi

World Press Photo 2018-yilning eng yaxshi fotolarini aniqladi


Har yili dunyo fotojurnalistlarining World Press Photo tanlovi tashkil qilinadi. Shu kunlarda 2018- yilning eng sara asarlari ma’lum bo‘ldi.

“Yil fotosi” deb Getty Images uchun ishlaydigan Jon Mur asari e’lon qilindi.

Ushbu surat 2018-yil iyunida AQSh va Meksika chegarasida tasvirga tushirilgan. Unda ko‘zining oldida onasi tintuv qilinayotgani uchun yig‘layotgan qizaloq aks etgan.

World Press Photo tanlovining “Yangiliklar” nominatsiyasida Kris Magratning “Jamol Qoshiqchining g‘oyib bo‘lishi” deb nomlangan ishi g‘olib bo‘ldi.

Suratda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchiligi binosi darvozasida reportyorlarni ichkariga kirishlariga to‘sqinlik qilayotgan erkak aks etgan. Shu lahzalarda tergovchilar elchilik binosiga kirib borayotgan bo‘lgan.

Tanlovning “Tabiat” nominatsiyasida Bense Matening “Qurbaqa oyoqlarini yig‘ish” deb nomlangan surati birinchi o‘rinni oldi. Unda oyoqlari uzilganidan so‘ng suvga uloqtirilgan qurbaqalar aks etgan.

“Portretlar” nominatsiyasining g‘olibi Finbar O’Raylining “Dakar modasi” asari bo‘ldi.

“Sport” yo‘nalishida eng yaxshi deb Jon Pedersonning “Katangadagi boks” foto surati topildi. Surat Uganda poytaxti Kampalaning qashshoqlar mavzesidagi bokschilar klubida olingan.

“Atrof-muhit” nominatsiyasida Brent Stirtonning “Jasur Akashingalar” deb nomlangan ishi g‘olib bo‘ldi. Fotoda “Akashinga” guruhining a’zosi 30 yashar Petronella Chigumbura aks etgan. Faqat xotin-qizlardan tashkil topgan bu guruh Zimbabveda hayvonlarni noqonuniy ovlayotgan brakonerlarga qarshi kurash bilan shug‘ullanadi.

“Zamonamiz muammolari” nominatsiyasida Diana Markosyanning “Kubanita” deb nomlangan surati eng zo‘r deb tan olindi. Suratda Pura ismli qizning 15 yoshlik tug‘ilgan kuni bayram qilinayotgani tasvirlangan. Purada shifokorlar miya o‘simtasini aniqlagan va 13 yoshgacha ham yashamaydi, deb aytgan edi.

“Yil fotoreportaji” nominatsiyasida Piter Ten Xupen fotosi g‘olib chiqdi. Unda AQShga o‘tishga urinayotgan migrantlar tasvirga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют