» » AQSh olimlari o‘lik hayvonning miyasini qisman tiriltirishga muvaffaq bo‘ldi

AQSh olimlari o‘lik hayvonning miyasini qisman tiriltirishga muvaffaq bo‘ldi


Amerikalik olimlar cho‘chqalar so‘yilgandan o‘n soat o‘tgach uning miyasini qisman tikladi, deya xabar beradi “BBC”.

Yel universiteti olimlarining tajribasi Alsgeymer kasalligini o‘rganishga yordam berishi mumkin.

Tadqiqot hayot va o‘lim o‘rtasidagi chegara haqidagi savollarni ko‘tarib, yurak to‘xtagandan so‘ng bir necha daqiqada miya o‘lishi haqidagi taxminlarni shubha ostiga qo‘yadi.

Hayvon so‘yilgandan so‘ng to‘rt soatdan so‘ng uning miyasi olingan va yurakning qisqarishi imitatsiya qilingan holda unga maxsus suyuqlik yuborilgan. Ushbu aralashma tarkibida miyani kislorod bilan to‘yintiradigan sun’iy qon va dorilar bo‘lgan. Bu esa miya hujayralarining o‘limini qisqartirish va hatto orqaga qaytarishga mo‘ljallangan.

Tadqiqotga ko‘ra, hayvonning boshi olinganidan o‘n soat o‘tgach, olimlar miya hujayralarining o‘limini qisman qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan, ular hayvonning bosh miyasi dorilarga qisman reaksiyaga kirishganiga va neyronlar o‘rtasida qisman aloqa o‘rnatilishiga erishgan.

Shuningdek, miyaning kislorod iste’moli darajasi sog‘lom holatga mos kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют