» » Poyezd harakatidan bir soniya avval temir yolni kesib otgan Cobalt salonida bemor ayol bolgan

Poyezd harakatidan bir soniya avval temir yolni kesib otgan Cobalt salonida bemor ayol bolgan


Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt avtomobili Ozbekiston temir yollari poyezdi harakatlanayotgan yolni kesib otgani aks etgan video tarqalgan edi. Poyezd harakatidan oldin avtomobil yoli berkilganini korgan haydovchi shlagbaum yonidan aylanib, poyezd yolini kesib otgan. Videoda signal chalib kelayotgan poyezd bir soniyadan keyin osha yoldan otganini korish mumkin.

Fargona viloyati IIB yol harakati xavfsizligi boshqarmasi malumotiga kora, voqea 2019-yilning 16-aprel kuni Qoqon shahrida sodir bolgan. Qayd etilishicha, QoqonQaqir temir yol bekatlari oraligida joylashgan qoriqlanadigan temir yol kesishmasida Cobalt va Nexia avtomobillari shlagbaum yonidan aylanib, katta tezlikda kelayotgan poyezd yolini kesib otgan.

Mazkur holat boyicha olib borilgan surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, Cobalt avtomobili temir yol kesishmasida harakatlangan vaqtda uni Ozbekiston tumani Qizilbog qishlogida yashovchi M.B. boshqargan. Nexia avtomobili esa Ozbekiston tumani Qizilbog qishlogida yashovchi M.M. boshqaruvida bolgan.

Haydovchilarga yol harakati qoidalarining 118-bandi va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 130-moddasiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Daryo manbasining malum qilishicha, Cobalt avtomobili salonida bemor ayol bolgan. Haydovchi uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazish niyatida ozi va yolovchilari hayotini xavf ostiga qoyib, bu tavakkalchilikka qol urgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 11:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -