» » Jarqorgon tuman hokimligi tadbirkorlar dokonini buzib, mulkdorlarga yetkazilgan zararni qoplamayapti

Jarqorgon tuman hokimligi tadbirkorlar dokonini buzib, mulkdorlarga yetkazilgan zararni qoplamayapti


Daryo tahririyatiga Surxondaryo viloyati Jarqorgon tumani Bobur mahallasida yashovchi Abdurazzoq Karakulov tomonidan murojaat kelib tushdi.

Uning gapiga qaraganda, 2018-yil aprel oyida tuman hokimi Ziyodulla Davlatovning topshirigiga asosan, tuman hokimi orinbosari Javli Shopolatov va tuman prokurori Islom Xojamurodovlar murojaatchi savdo qilib turgan Kakaydi qorgoni markazida joylashgan tijorat dokoni va dehqon bozorini Bu yerda jome masjidi quriladi, deb zorovonlik bilan buzdirib tashlagan.

Dokonim buzilgandan song kop murojaatlar qildim, lekin inobatga olinmadi. Keyin Ozbekiston savdo sanoat palatasi Surxondaryo boshqarmasi orqali fuqarolik ishlari boyicha Qumqorgon tumanlararo sudiga davo kiritdim. Davoda meni ishim Qomqurgon tuman prokurori, Jarqorgon tumani arxitektorlari va hokimlik yuristi ishtirokida korilib, mening foydamga hal qilindi. Jarqorgon hokimligidan yetkazilgan zarar uchun 27843 191 som miqdorida kompensatsiya puli undirilishi aytildi. Yurist agar hokimlik balansida pul yetarli bolmagan taqdirda ham, viloyat hokimligidan olib berishini vada berdi. Oradan qancha vaqt otdi. Ammo vada vadaligicha qoldi, deydi tadbirkor biz bilan suhbatda.

Darhaqiqat, bizdagi hujjatlarga qaraganda, 2019-yil 21-yanvarda fuqarolik ishlari boyicha Qumqorgon tumanlararo sudida davogar A.Karakulovning kochmas mulki deb tan olingan yer uchaskasining olib qoyilishi va yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirishini soragan. Lekin javobgar Jarqorgon tuman hokimligi ishonchli vakili B.Jurayev sud majlisida davoni tan olmasdan, Surxondaryo viloyat hokimining 2018-yil 7-apreldagi hamda tuman hokimining 2018-yil 9-apreldagi qarorlari kora, tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Obod qishloq dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari xatlovdan otkazilgan, ammo davogarga tegishli bino buzilishi boyicha tuman hokimligi tomonidan qaror chiqarilmaganligi hamda tuman hokimining 2018-yildagi 1-dekabrdagi Q-2309-sonli qarori bilan davogar A.Karakulovga savdo dokoni qurilishi uchun tumanning Neftchilar mahallasi hududidan 70,0 kv.km yer maydoni ajratilganligini bildirib, davoni rad qilishini soragan.

Fuqarolik ishlari boyicha Qumqorgon tumanlararo sudining 2019-yilning 21-yanvarda chiqarilgan hal qiluv qarori kora, Abdurazzoq Karakulovning davo arizasi qanoatlantirilib, hisobiga javobgar tuman hokimligi hisobidan 27843 191 som miqdorida kompensatsiya tolovi va 1113 727 som miqdorida davlat boji undirilishi aytilgan.

Tinmay murojaat qilaverganimdan song, markaz tashqarisidan menga quruq yer berdi, ammo joyning ham oziga yarasha tolovlari bor ekan. Arxitektura-rejalashtirish topshirigi tashkiloti ruxsat bermagunicha yer meniki hisoblanmas ekan. Shuning uchun borib u yerda hech narsa qilolmayman. Yer mening nomimga rasman otkazilgan taqdirda ham yana u yerda dokon qurishim uchun pul kerak. Tuman hokimi esa sud qarorini tan olmay, kompensatsiya pulimni bermayapti. Har safar hokimlikka borganimda erta-indin degan javobni eshitaman.

Uyda olti farzandim bilan ishsiz qolganman. Qayerga borishni, nima qilishni bilmayapman. Bu yoqda Mikrokredit bankdan 20 million som kredit olgandim. Har oyda foizini sorab uyimga kelishadi. Tezroq oz ishimni boshlamasam bolmaydi. Hatto, Majburiy ijro byurosi ham pullarimni hokimdan undirib berolmayapti.

Bundan tashqari, men kabi 26 ta tadbirkorning ham dokoni buzilgan. Sudlashganim uchun hokimlikdan menga quruq yer bolsa ham berildi,lekin ular hech narsasiz qolishdi. Sud bojini tolay olmasligi uchun ular sudga berisholmayapti. Yuqorida ismi keltirilgan rahbarlarni deb yuzlab odamlar ishsiz bolib, qora qozoni qaynamay qoldi, tumanimiz hokimi Z.Davlatov bizdan nima xohlayapti hech bilolmayapmiz, deydi murojaatida A.Karakulov.

Tadbirkor A.Karakulovning sud qarorida belgilangan 27843 191 som miqdorida kompensatsiya tolovi tuman hokimligidan qachon undirib beriladi?

Bu borada mutasaddilardan tegishli javobni kutib qolamiz.

Daryo bu mavzuga yana qaytadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 14:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -