» » YeXHT vakili O‘zbekistonni blokirovka qilingan OAVga erkinlik berishga chaqirdi

YeXHT vakili O‘zbekistonni blokirovka qilingan OAVga erkinlik berishga chaqirdi


YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili tashkilotga a’zo 57 mamlakatdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatib boradi, deya xabar beradi “Repost”.

YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Aarlem Dezir O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarini blokirovka qilinishidan tashvishda ekanligini bildirib, mahalliy hukumatni ularni blokirovka qilishni to‘xtatishga chaqirgan. Uning bayonoti YeXHT saytida e’lon qilingan.

“Men hukumatga mamlakatdagi ommaviy axborot vositalariga to‘sqinliksiz kirishni ta’minlash uchun bir qator islohotlar o‘tkazishni so‘rab maktub yozdim. Davlat organlari tomonidan har qanday taqiqlash choralari faqat xalqaro standartlarga muvofiq oqlanishi mumkinligini, faqat istisno hollarda qo‘llaniladigan va qonuniy maqsadga mutanosib ravishda mos kelishi zarurligini ta’kidlab o‘tmoqchiman”, — dedi Aarlam.

YeXHT vakili O‘zbekistondan kirish imkonsiz bo‘lgan saytlarga misol tariqasida Fergana, Ozodlik, Euratsianet.org, AsiaTerra, Uzmetronom va boshqalarni ko‘rsatgan.

2018-yilda Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston qonunchiligi tomonidan taqiqlangan kontentlarni o‘z ichiga olgan ommaviy axborot vositalarini blokirovka qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan. Biroq, taqiqlangan resurslar ro‘yxati ham, ushbu ommaviy axborot vositalarni blokirovka qilishning aniq mezonlari ham ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют