» » Rossiyada bolalarga nos sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyada bolalarga nos sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Rossiyaning Kirov shahrida maktab o‘quvchilariga nos sotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Guvohlar o‘zbekistonlik migrant Markaziy bozor oldida kechayu kunduz taqiqlangan modda sotganini ma’lum qilishgan. Qo‘lga olingan shaxs bolalarga nos sotganini inkor qildi.

Mazkur fuqaroning uyi tintuv qilinganda u yerdan besh kilogrammdan ortiq nos topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada bir guruh Ulyanovsk kursantlari nos chekish oqibatida exinokokkoz kasalligini yuqtirgan bo‘lishlari mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Nos, nosvoy — o‘zida nikotin saqlovchi chekimlik. Mahsulotning asosini nos tamakisi tashkil etsa-da, og‘iz shilliq qavatida yaxshiroq so‘rilishi uchun kul, so‘ndirilgan ohak, o‘simlik yog‘lari, turli xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar, tovuq tezagi va tuya go‘ngi aralashtirilishi mumkin.

Nos tarkibida hayvonlarning go‘ngi mavjud bo‘lgani uchun uni iste’mol qilgan odam turli oshqozon infeksiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Nos asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют