» » Namoz o‘qimaganning ro‘zasi qabul bo‘lmaydimi?

Namoz o‘qimaganning ro‘zasi qabul bo‘lmaydimi?


Ijtimoiy tarmoqlardan birida “Namoz o‘qimasang, ro‘za ham tutma. Baribir qabul bo‘lmaydi” degan bir matn atrofida kuchli tortishuv vujudga keldi, deb yozadi “Azon.uz”. Yashnobod tumani “Islom ota” jome’ masjidi imom xatibi Jasurxon Qori Raupov ushbu savolga oydinlik kiritdi.

“Yuqoridagi fikrlar doim odamlar orasida aylanib yuradigan masala, afsuski, bu haqda talashib-tortishadiganlarning aksari ilmi yo‘q, kitob ko‘rmagan kishilardir.

Namoz o‘qimagan odamning tutgan ro‘zasi qabul bo‘ladi. Chunki Ramazon ro‘zasi o‘zi alohida farz, Islom arkonlaridan biri. Namoz o‘qimay yurgan kishi o‘zi bir katta gunoh qilib yuribdi, endi uning yoniga farz ro‘zani tutmasa yana katta bir gunoh qo‘shiladi. Ya’ni yanada gunohi ko‘payib boradi.

Benamoz odamning tutgan ro‘zasi ro‘za emas, deb aytayotganlar buni aslo isbotlab berolmaydi.

Biz esa uning tutgan ro‘zasi ro‘za bo‘ladi deyishimizga asos shuki:

Birinchidan, iymon, namoz, ro‘za, zakot, haj. Bularning har biri o‘zi mustaqil holatda farz qilingan amal. Iymonga kelgan kishi bularni albatta qiladi, bordi-yu qilolmasa qattiq gunohkor bo‘ladi. Birining ikkinchisiga daxli yo‘q.

Ikkinchidan, ro‘zaning qabul bo‘lish shartlari ichida namozxon bo‘lishi shart degan qoida hech qaysi oyat va hadisda kelmagan. Ammo, ham namozni o‘z vaqtida o‘qib, ham ro‘za tutishlik ulkan savoblarga ega bo‘lishimizga yo‘l ochadi va qattiq gunohkor bo‘lishdan qaytaradi, vallahu a’lam!”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 29) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют