» » Namanganda Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Namanganda Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi


Namangan shahrining Islom Karimov shohko‘chasida Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda “Namanganskaya pravda” xabar bermoqda.

Maktab 2,5 gektar maydonda joylashadi. Bosh pudratchi—“Zafar qurilish servis” xususiy korxonasi tomonidan 2 ta o‘quv korpusi, basseynga ega gimnastika zali, futbol mini-stadioni, voleybol-basketbol maydoni, yotoqxona va mehmonxona barpo etiladi. Gulxonalar, o‘quv-tajriba uchastkalari bo‘ladi.

Prezident maktabiga qabul 4-sinf bitiruvchilari orasidan so‘ng mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Birinchi o‘quv yilida 5—10-sinflarning 144 nafar, keyinchalik esa har yili 24 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi. Bir sinfda 12 nafardan o‘quvchi tahsil oladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi joriy yil avgust oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют