» » Nukusda ilk Prezident maktabi qurilishi boshlandi

Nukusda ilk Prezident maktabi qurilishi boshlandi


Nukus shahrida Prezident maktabi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengashi raisi Musa Yerniyazov va “Nuroniy” jamg‘armasi respublika kengashi rahbari Sharap Usnatdinov Prezident maktabining poydevoriga kapsula qo‘yib, maktab qurilish ishlarini boshlab berdi. Yangi maktab Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti oldidagi hududda quriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 20 fevralda Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Birinchi to‘rtta maktab joriy yilda Nukus, Toshkent, Xiva va Namanganda ochilishi belgilangan. Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют